Federal qidiruv byurosi (FQB)ning Twitter’dagi sahifasida Microsoft Paint dasturi yordamida chizilgan tabriknoma surati e’lon qilindi, deb xabar bermoqda TJournal.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Unda FQBning barchani bayram bilan tabriklagan murojaati va qorbola aks etgan. Twitter foydalanuvchilari, albatta, tabrik uchun minnatdorchilik bildirdi, ammo katta budjetga ega agentlikning yaxshi dizaynerni yollash uchun pul sarflamaganini ustidan kuldi.

Twitter foydalanuvchilaridan biri suratga “Yo FQBda pul ko‘p emas, yoki ular dizayner yollamaslik uchun mag‘lab tejadi”, — deya izoh qoldirgan. Yana biri “FQB bu ish uchun o‘zingizni hibsga oling”, — deb aytgan.

Suratga qoldirilgan boshqa javoblar quyidagi ko‘rinish olgan.

“Grafik dizayni — mening ehtirosim”

“FQB sizlarga ham bayram muborak bo‘lsin”

“Tashakkur”

“Bu ishni 10 daqiqada bajardim. Balki meni ishga olarsizlar”

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.