“Bolalar” guruhi solisti Tohir Sodiqov Instagram’dagi sahifasida Toshkent mavzelarining biridagi hovlida quvlashmachoq o‘ynab yurgan olmaxonlarni videoga oldi.

Video davomida Tohir Sodiqovning olmaxonlarning oldiga yaqinlashayotganlardan biriga: “E, qo‘rqitmang!”, — deb gapirganini eshitish mumkin.

https://www.instagram.com/p/BOd6i_qgDYE/

Tohir Sodiqov videoga: “Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan! Ko‘p ichmanglar, aks holda, mana bular oldingizga keladi”, — deya hazilnamo fikr yozib qoldirgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.