AQShning Baltimor shahrida yashovchi 23 yoshli Mayya Mur yangi kompaniyaga ishga kirib, eng xunuk sviterlar tanlovida ishtirok etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Meduza.

Foto: Twitter / @mayamorena_

Foto: Twitter / @mayamorena_

Moliyaviy tahlilchi eng xunuk sviterlar tanloviga 4 soat vaqt sarfladi, ammo yakunda 2-o‘rin bilan kifoyalandi. Murning ta’kidlashicha, uning hamkasbi, “Men sirpanyapman” yozuvi bitilgan stiver egasi tanlov g‘olibi bo‘ldi.

Mayya Murning qo‘shimcha qilishicha, ishtirokchilar uch mezon bo‘yicha aniqlandi: sviterning xunukligi, kreativ va taqdimot. Mur taqdimotni yaxshi amalga oshirmagani uchun 2-o‘rinni egallaganini tan oldi. “Men unchalik hazilkash emasman, shu sababli archa-sviter haqida qiziq hikoya borasida muammoga duch keldim”, – dedi u.

Mur ikkinchi o‘rin olganidan mamnun ekanini aytdi, ammo Twitter foydalanuvchilari uni qo‘llab-quvvatlashga urindi.

Foto: Twitter / @m_anndailey

Foto: Twitter / @m_anndailey

“Nimalarni his qilayotganingni bilaman. Rangli chiroqli sviter o‘tgan yili menga 2-o‘rinni hadya qilgandi. Bu safar 1-o‘rinni egalladim. Kelasi yili omad yor bo‘lsin”, – deb yozdi Twitter foydalanuvchisi Melissa-Enn Deyli.