Facebook’dagi fors tilida yuritiladigan guruhlardan birida eronlik harbiylarning ko‘zani sindirishga urinishi videosi joylandi. Katta ehtimol bilan parad vaqtida namoyish qilingan harbiycha dastur davomida askarlar oddiy ko‘zani sindirishga uringan.

Ikki askar tomonidan berilgan turli zarbalar hech qanday samara bermagach, ular o‘z dasturini yakunladi. Ko‘za esa but-butunligicha qoldi.

Ko‘za qanday materialdan yasalgani ma’lum emas. Ammo videoning sarlavhasida u bo‘sh ekani ta’lkidlangan. Xabar yozilayotgan vaqtda mazkur videoni 35 mingdan ziyod kishi ko‘rishga ulgurdi. Unga 2 mingga yaqin munosabatlar bildirilib, 235 ta izoh qoldirilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.