Britaniyalik poygachi Tom Onslou-Koul karavotni soatiga 135 kilometr tezlik bilan haydab, Ginnesning Rekordlari kitobiga kirdi, deb yozadi Motor.

Foto: “Motor”

Foto: Motor

Loyiha mehmonxonalarni bron qilish servisi — “Hotels.com” ko‘magida amalga oshirildi.

“Karavot” uchun Ford Mustang GT kuch qurilmasi va ishlov berilgan shassi asos bo‘lib xizmat qildi. Poyga Umm-al-Quvayn (BAA) shahrida joylashgan Emirates Motorplex avtodromida amalga oshirildi.

Bundan avvalgi rekord 2008-yilda Buyuk Britaniyada o‘rnatilgan edi. O‘shanda karavotning tezligi soatiga 111 kilometrga yetkazilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.