O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tashkilotning XXX bosh assambleyasida MOQ prezidenti etib Alisher Sultonov saylandi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati

Alisher Sultonov. Foto: “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati

1967-yilda tavallud topgan Alisher Sultonov 2015-yilning avgust oyida “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga rahbar etib tayinlangandi. Endi bir vaqtning o‘zida Milliy olimpiya qo‘mitasini ham boshqaradi.

2013-yildan buyon MOQ prezidenti sifatida ishlab kelgan Mirabror Usmonov esa O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Assambleyada MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov chiqish qilib, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar borasida hisobot berdi. So‘zining yakunida esa Tokio—2020 Olimpiadasi sikli boshlangani bilan barchani muborakbod etdi.

Ma’lumot uchun, Mirabror Usmonov Rio—2016 Olimpiadasi sikli boshlangan bir vaqtda MOQ prezidenti etib tayinlangan bo‘lib, uning rahbarligida O‘zbekiston delegatsiyasi Olimpiadalar tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etgandi: 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.