Rossiyalik mashhur xonanda Filipp Kirkorov Toshkentda yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Foto: Tass

Foto: “TASS”

Kirkorov o‘zining “Men” deb nomlangan shou-dasturi bilan 26-fevral kuni “Istiqlol” san’at saroyida chiqish qilishi rejalashtirilgan.

Xabar berishlaricha, mazkur shou-dastur jahonning eng talabgir rejissorlaridan biri, asli italiyalik Franko Dragone tomonidan sahnalashtirilgan.

Konsert dasturidan o‘rin olgan qo‘shiqlarning 70 foizini yangi ijod namunalari tashkil etsa, 30 foizi xonandaning eng mashhur taronalaridan iborat.

Konsert chiptalari yaqin kunlarda “Istiqlol” kassalarida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.