Mahoratli ijodkorlardan iborat bo‘lgan “Bayram” guruhi vakillari 17-yanvar kuni “O‘zbegim taronasi” radiosi orqali navbatdagi ijod mahsulini taqdim qildi, deb yozadi “Popcorn.uz”.

Foto: “Popcorn.uz”

Foto: “Popcorn.uz”

“Do‘stim” deb nomlangan ushbu kompozitsiya ustida guruh ijodkorlari o‘tgan yilning so‘nggi oyidan boshlab ijodiy ishlarni olib borayotgan edi. Biroq bu qo‘shiqni to‘rt kishi emas, balki uch kishi kuylashi hech kimning xayoliga kelmagan edi.

Ma’lumki, bir necha kun oldin guruh solistlaridan biri Ravshan Hojiakbarov bu olamni tark etdi. Shu bois ushbu taronani guruhning qolgan tarkibi birgalikda ijro etib, do‘stlari Ravshan Hojiakbarovga bag‘ishladi.

“Do‘stim” taronasining so‘zi Mashhura Mamedova qalamiga mansub. Musiqasi esa Doniyor Mamedov tomonidan bastalangan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.