Vodiy viloyatlarida Andijon san’at kolleji “Tarona” xalq cholg‘ulari kamer orkestrining shinavandalari talaygina. Xotiraxon Akramova rahbarligidagi ushbu badiiy jamoa viloyat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida yangi konsert dasturini namoyish qilmoqda. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo” mobil muxbiri

Foto: “Daryo” mobil muxbiri

Viloyat hokimligi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda san’at kolleji tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirning ilk kunida konsert dasturini 700 dan ziyod san’at ixlosmandi tomosha qildi.

San’at kolleji o‘qituvchi va iqtidorli o‘quvchilaridan tashkil topgan badiiy jamoa dasturidan o‘zbek va jahon mumtoz kuylari hamda zamonaviy asarlar o‘rin olgan. Tomoshabinlar Manas Leviyev, Doni Zokirov, Frans Shubert, Albert Fossen kabi mashhur bastakorlar asarlari bilan birgalikda “Ohki, ishq”, “Yaxshiliq” singari kompozitsiyalarni qiziqish bilan kutib olmoqda.

23-yanvardan boshlangan xalq cholg‘ulari kamer orkestrining konsertlari to‘rt kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.