“Yangi ovozlar” teletanlovi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi asosida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Alisher Navoiy nomli kino saroyi hamda Yoshlar madaniyat va san’at markazi davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Foto: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati

Foto: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati

O‘tgan 2016-yilning noyabr oyida dastlabki saralash bosqichlarida, nufuzli ekspertlar guruhi yoshlarning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqib, 35 nafar ishtirokchiga navbatdagi bosqichga yo‘llanma bergan edi.

Foto: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati

Foto: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati

Foto: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati

Foto: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati

20-yanvar kuni Munisa Rizaeva rahbarligidagi ijodiy guruh a’zolaridan iborat ustoz-hakamlar Tri media studiyasida o‘zlari saralab olgan 12 nafar ishtirokchi bilan “Duet bosqichi”ga tayyorgarlik ishlarini boshladi. Bu haqda Yoshlar madaniyat va san’at markaziga tayanib, Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati

Foto: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati

Foto: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati

Foto: Yoshlar madaniyat va san’at markazi matbuot xizmati

Tayyorgarlik jarayoni ishtirokchilar bilan tanishuvdan boshlandi va ularning yo‘nalishi bo‘yicha duetdoshlari aniqlab olindi. Ayni damda ishtirokchilar uchun asarlar tanlanmoqda. Hakam ustozlar 27-yanvar kuniga qadar ikkitadan ishtirokchini tinglab, ular bilan yangi qo‘shiq ustida ish olib boradi. Shuningdek, 30-yanvardan umumiy mashg‘ulotlar tarzida tayyorgarlikni davom ettirish rejalashtirilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.