AQSh sobiq prezidenti Barak Obama o‘z memuarlari uchun 20 million dollar va undan ortiq haq olishi mumkin. Memuarlarni The Hollywood Reporter jurnaliga International Creative Management Partners agentligining nashriyot guruhi rahbari Ester Nyuberg baholab berdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Obamaning esdaliklari har qanday boshqa prezidentnikiga qaraganda qimmatroqqa baholanishiga shubha yo‘q.

Ester Nyuberg, Creative Management Partners agentligi nashriyot guruhi rahbari

Nashrga ko‘ra, Prinston universitetining tarixchisi, AQSh prezidentlik institutini tadqiq etuvchi Jelizer ham yuqoridagi bahoga qo‘shiladi. Uning fikricha, Obamaga uni haqiqatda yomon ko‘ruvchi konservatorlar tomonidan ham, uning qilgan ishlaridan faxrlanuvchi liberallar tomonidan ham avvalgi prezidentlarga qaraganda qiziqish ko‘proq bo‘ladi.

Jelizer Obamaga kitob uchun Bill Klinton (“Mening hayotim”, 15 million dollar) yoki kichik Jorj Bush (“Hal qiluvchi qarorlar”, 7 million dollar) memuarlariga qaraganda ko‘proq haq taklif qilishadi deb hisoblaydi.

Nashrning ta’kidlashicha, Obamaga kitob yozishda uning sobiq spichrayteri (prezidentning yuqori davralarda ishtiroki uchun nutq tayyorlashda yordam beruvchi shaxs) Kodi Kinan yordam beradi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.