Quyuq sochlarni barchamiz orzu qilamiz. Biroq sochlaringiz tabiatan silliq va nozik bo‘lib, qimmatbaho vositalar va har kuni ukladka qilishga vaqtingiz va mablag‘ingiz yetarli bo‘lmasa, qanday yo‘l tutish lozim?

sochlar

U holda sizga professional sartaroshlarning kichik hiylalari qo‘l keladi.

Muhimi, bosh yuvish jarayoniga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Shampunni faqat soch ildizlariga surib, sekin-astalik bilan sochning butun uzunligi bo‘yicha taqsimlash kerak. Konditsionerni esa aksincha — faqat soch uzunligi bo‘ylab va uchlariga surish kerak. “Hajm beruvchi” deb qayd etilgan shampunlarni tanlang.

Uzunlik va kaltalatish bilan ham tajriba qilib ko‘ring — yelkalardan biroz balandlikdagi uzunlik va “kaskad” ham sochlarni ko‘proq ko‘rsatishga yordam beradi.

Sinalgan usullardan biri — kechqurun sochlaringizni bigudi qilishni ham qo‘llab ko‘ring. Nam sochlar ildizini nevidimka yordamida qistirib qo‘yish orqali ham hajm hosil qilish mumkin. Ularni yechganingizda soch turmagingiz yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Silliq soch turmaklaridan voz keching yoki o‘rtadan ochilgan farq o‘rniga yon tomondan ochib ko‘ring.

Ukladka vositalaridan juda ko‘p foydalanishni tavsiya etmaymiz.

Hajmni oshiruvchi yengil muss. Endi sochlaringizga havas qilish mumkin!