Amerikaning ba’zi mashhur musiqachilari nufuzli “Gremmi” taqdirlash marosimini noxolis deb hisoblab, unga nisbatan boykot e’lon qilishi mumkin, deb yozadi “TASS”.

Foto: “Utrenniye novosti”

Foto: “Utrenniye novosti”

Shu tariqa yulduzlar ozchilik huquqlari uchun kurashishda davom etadi. Bu mojaro o‘tgan yilgi “Oskar” mukofotini topshirish marosimida yuzaga kelgan edi.

Yosh qo‘shiqchi, bastakor va xip-xop uslubidagi ijrochi Frenk Oushen o‘zining oxirgi, eng muvaffaqiyatli Blonde albomini “Gremmi” tashkiliy qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishdan bosh tortdi. Qora tanli qo‘shiqchi o‘tgan yil yakunida jurnalistlarga “Gremmi” tashkiloti va uning vakillari xolisligiga ishonmasligini ma’lum qilgan edi. Uning fikricha, ular kelib chiqishi o‘ziniki kabi odamlarga yaxshi munosabatda bo‘lmaydi.

O‘z navbatida, mashhur xip-xop ijrochi Kanye Uest agar Frenk Oushen nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmasa, “Gremmi”ga nisbatan boykot e’lon qilishini ma’lum qildi.

Joriy yilgi marosimda kanadalik mashhur qo‘shiqchi Jastin Biber ham ishtirok etmasligi mumkin. Uning albomi nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganligiga qaramasdan, Biber ham mukofotning xolisligiga shubhalanmoqda.

Mukofotlash marosimida qatnashmaydigan mashhurlar orasida 8 ta yo‘nalishga nomzodi qo‘yilgan xip-xop ijrochisi Dreyk ham bor.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.