“O‘zbekiston temir yo‘llari” Ispaniyaning Patentas Talgo kompaniyasi ishlab chiqargan yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlardan ikkitasini xarid qiladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Foto: Talgo.com

Foto: “Talgo.com”

Talgo 250 rusumidagi yo‘lovchi elektropoyezdlarining xaridi 2017-yil mart oyida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Hozirda O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab Patentes Talgo tomonidan Talgo 250 negizida maxsus ishlab chiqilgan 2 ta “Afrosiyob” poyezdlari qatnamoqda.

Poyezdlar 2011-yil oktabridan Toshkent va Samarqand oralig‘ida harakatlangan bo‘lsa, 2015-yil sentabridan Qarshi shahrigacha, 2016-yil sentabridan esa Buxorogacha qatnay boshladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.