24-yanvar kuni jahon modalari poytaxti – Parijda haute couture afsonaviy Chanel modalar uyi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Bu ko‘rgazmani marka uchun an’anaga aylangan tvid matoli kostyumlar ochib berdi. Yoz mavsumi uchun yashil, havorang va sariq ranglarning nozik tuslari tanlab olingan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Kostyumning deyarli barcha modellari yirik kamarlar bilan ta’minlangan. Bezak sifatida fransuz vintaji uslubidagi shlyapalardan foydalanilgan. Modellar oyoqlariga marvarid halqalar bilan bezatilgan kumushrang tuflilar kiygan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Tantanali kecha liboslari yaltiroq va yanada yaltiroq matolardan tashkil topgan. Hashamatli atlas kumushsimon mato bilan birgalikda ajoyib ko‘rinish yaratgan.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Kecha liboslari ko‘p sonli burmalar, qatlamlar va nozik kapalak nusxa shaklidagi bantlar bilan bezalgan. Pat — libosga noziklik va latofat qo‘shuvchi yana bir element.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ko‘rgazmaning oxirgi libosini Jonni Deppning 17 yoshli qizi Lili-Rouz Depp namoyish qildi. Etagi ko‘p qavatli to‘rdan va yengi keng qilib tikilgan och qizil rangli ko‘ylak yaxlit belbog‘ va kumushrang tufli bilan to‘ldirilgan.

Manba: Cosmopolitan