Qarshi tumanining Mirmiron mahallasida yashovchi nafaqaxo‘r Ulug‘bek Qarshiyev o‘zining haqiqiy tropik manzara hosil qilgan issiqxonasida papayya yetishtirdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuoti xizmati xabar berildi.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi sayti

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati

Tomorqachi hovlisi o‘rtasidagi uchta issiqxona jami 13 sotix maydonni egallagan. Ayni kunlarda issiqxonada bo‘yi 5-6 metr keladigan, barglari shapaloqdek, hali pishib ulgurmagan mevalari qovunni eslatadigan papayya daraxti o‘stirilmoqda. Nafaqaxo‘rning qayd etishicha, uning ko‘chati 3—4 yil avval ekilgan.

Dehqonlar uni qovun daraxti deb ham ataydi. Yerga qadaganingizdan so‘ng 6—7 oyda hosilga kiradi. Mevasining og‘irligi 6—7 kilogrammgacha yetadi. Bir tup papayyadan 50—60 donagacha meva olish mumkin. Issiq iqlimda o‘sgani bois issiqxona sharoitiga yaxshi moslashadi. Ammo kasallikka tez chalinib, birdan qurib qolish holatlari ham uchrab turadi. Shu bois bu o‘simlikka o‘ta e’tiborli bo‘lish talab etiladi. Issiqxona harorati 10 darajadan yuqori bo‘lganida papayya tinmay gullayveradi. Shunda hosiliyam mo‘l bo‘ladi.

Ulug‘bek Qarshiyev, issiqxona egasi

Issiqxonada, shuningdek, palma daraxti, 200 tup limon, mandarin va apelsin ko‘chatlari, fikus, fikus gitara, va aleandra gullari, bir necha tup banan daraxti ham bor.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.