“Orient Finans” banki xorijiy moliyaviy institutlar bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishga urg‘u berib, xalqaro aloqalar rivojlanilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa bankning moliyaviy tuzilmasiga dunyoning eng keng tarqalgan to‘lov tizimlaridan biri MasterCard’ni joriy etish uchun turtki bo‘ldi. Hozirgi kunda “Orient Finans” banki eng zamonaviy va xavfsiz hisoblangan MasterCard mikroprotsessorli kartalarini taqdim qilmoqda.

Foto: “Orient Finans” banki

Foto: “Orient Finans” banki

Dunyo darajasidagi futbol hakami, ko‘pgina xalqaro va milliy mukofotlarga sazovor bo‘lgan, O‘zbekiston iftixori — Ravshan Ermatov MasterCard xalqaro valyuta plastik kartasini ochish maqsadida yana bir bor “Orient Finans” bankiga tashrif buyurdi.

Foto: “Orient Finans” banki

Foto: “Orient Finans” banki

U ushbu kartani ochishga nima sabab bo‘lganligi bilan o‘rtoqlashdi:

MasterCard UEFA Chempionlar ligasining homiysi hisoblanadi, shu sababli bu karta menga chet ellarda ish yuzasidan bo‘lgan davrimda va pul mablag‘larimni boshqarishda katta afzallik va qulaylik yaratadi. Bunday hamkorlik nafaqat UEFA Chempionlar ligasining tashkilotchilari, futbolchilari va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari uchun, balki o‘z ko‘zi bilan chiroyli o‘yinlardan zavq olish uchun keladigan millionlab muxlislar uchun ham muhim o‘rin tutadi.

MasterCard faoliyatining yuqori standartlari, hamkor sifatida “Orient Finans” bankidek, sinalgan va barqaror imidjga ega bo‘lgan bankni taqozo etadi. Men bank xizmatlaridan foydalanish uchun “Orient Finans” bankiga birinchi marta borishim emas. Bu bankda menga tez va sifatli xizmat ko‘rsatilishini bilaman. Aynan shuning uchun, MasterCard xalqaro kartasini ochishga qaror qilganimdayoq, men qaysi bankka murojaat qilishimni bilgan edim.

Reklama huquqi asosida