Amerikaning sayohat haqida ma’lumotlar taqdim etuvchi TripAdvisor servisi, o‘z fikricha, har bir mamlakatning sayyohlar uchun eng diqqatga sazovor joyi ko‘rsatilgan dunyo xaritasini tuzdi.

Foto: TripAdvisor

Foto: TripAdvisor

O‘zbekiston ushbu xaritada Registon maydoni bilan aks etdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, xaritada Afg‘onistonning eng yuqori baholangan tarixiy obidasi Bobur qabri, Hindistonniki esa Toj Mahal deya keltirilgan.

Shuningdek, TripAdvisor Qozog‘istonning Medeu konki va chang‘i kurortini, Qirg‘izistonning Ala-Archa milliy bog‘ini, Tojikistonning Rudakiy bog‘ini, Turkmanistondagi “Darvoza” gaz kraterini eng ko‘zga ko‘ringan joylar sifatida tilga olgan.