SpaceX kompaniyasi startiga 13 soniya qolganida Dragon yuk kemasining Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga parvozini bekor qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Kompaniya asoschisi Ilon Maskning ma’lum qilishicha, parvoz Falcon 9 raketa-tashuvchisining yuqori bosqichi dvigatelidagi nosozliklar sabab qoldirilgan. Kompaniya muhandislari nosozlik sabablarini aniqlamoqda.

Raketa starti Toshkent vaqti bilan 19-fevral soat 19:38 ga qoldirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!