SpaceX kompaniyasi 19-fevral kuni Dragon yuk kemasi bilan birga bo‘lgan Falcon 9 raketa-tashuvchisining parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bir kun avval texnik nosozliklar sabab bu parvoz qoldirilgan edi, deya xabar bermoqda Meduza.

Raketa-tashuvchi Kanaveral burnidagi qo‘nish majmuasiga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan. Xalqaro kosmik stansiyaga 2,5 tonna yuk va superbakteriyani olib ketayotgan Dragon kemasi esa Yer orbitasiga chiqqan.

SpaceX ilk bor NASA’ga tegishli, Floridada joylashgan Kennedi nomidagi kosmik markazning LC-39A start maydonchasidan parvozni amalga oshirdi. Bu yerda avvallari Oyga uchish bo‘yicha “Apollon” dasturi kemalari, shuningdek, kosmik-shatllar parvoz qilgan.

SpaceX LC-39A maydonchasini 2014 yili NASA’dan 20 yilga ijaraga olgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!