22-fevralning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: “Sangzor.uz”

Foto: “Sangzor.uz”

1. Toshkentdagi Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasi 1-martgacha yopiq bo‘ladi. Avvalroq ushbu yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan 11-fevraldan 23-fevralgacha chorraha transport harakati uchun vaqtinchalik yopilgani xabar berilgan edi.

2. Jizzaxlik ijodkorlar Islom Karimov haqida badiiy film suratga oladi. Film rejissyori va aktyorlar haqida ma’lumot berilmayapti.

3. 2018-yilda UzReport World telekanali ishga tushishi mumkin. Rejaga ko‘ra, UzReport World telekanali xalqaro miqyosda, turli tillarda efirga chiqadi.

4. Kashmirda dabdabali to‘ylar taqiqlandi. Endi kelin tomondan keladigan mehmonlar soni 500 kishidan oshmasligi kerak.

5. Toshkentda Matiz’da yo‘lovchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan avval sudlangan yigit qo‘lga olindi. “Yovuz niyatli shaxs o‘z g‘araz maqsadini amalga oshira olmadi, u ichki ishlar boshqarmasiga olib kelindi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!