O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida 22-fevral kuni Pokiston elchisi Riyoz Husayn Buxoriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston—Pokiston kun tartibining dolzarb masalalari muhokama etildi.

Shu qatorda, O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasining 2017-yilning 1-mart kuni Islomobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ECO) Sammitida ishtirok etishining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!