O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 22-fevral kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi — ijrochi kotibining birinchi o‘rinbosari Viktor Guminskiy bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Suhbat davomida 2017-yilning aprel oyida Toshkent shahrida bo‘ladigan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, O‘zbekistonda MDH tarmoq organlarining boshqa tadbirlarini o‘tkazish jadvali borasida ham fikr almashildi.

Shu kunning o‘zida MDH Ijroqo‘mi delegatsiyasining O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda yuqorida qayd etilgan Hamdo‘stlik TIVK majlisiga tayyorgarlik ko‘rishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!