2015-yilda 3,5 million nafar o‘zbekistonlik mamlakatdan tashqariga chiqqan.

“Gazeta.uz” ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2014-yilga nisbatan 25,8 foizga ko‘p.

Ayni damda, O‘zbekistonning turizm sohasini o‘rta istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida qayd etilishicha, sayohat maqsadida mamlakatdan chiqayotganlar soni kamaygan (-8,1 foiz).

Bunga arzon sayohat takliflarining kamaygani va xalqaro vaziyat sabab qilib ko‘rsatilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!