“Progress MS-05” koinot yuk kemasi 24-fevral, juma kuni ertalab Xalqaro koinot stansiyasiga (XKS) tutashdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda

Foto: XKS

Foto: XKS

Rossiyaning Moskva viloyati, Korolyov shahrida joylashgan Parvozlarni boshqarish markaziga ko‘ra, tutashuv ikki sutkalik sxemada amalga oshirildi. Kema “Pirs” moduliga avtomatik tartibda ulangan.

“Progress MS-05” stansiyaga 2,5 tonnaga yaqin turli yuk, jumladan, yoqilg‘i, siqilgan gaz, “Orlan-XKS” skafandri, ilmiy tajribalar uchun jihozlar, oziq-ovqat va suv konteynerlarini yetkazdi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil 1-dekabrida Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan “Progress MS-04” yuk kemasi orbitaga chiqolmagan va halokatga uchragandi “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!