TPS kompaniyasi 17 yildan buyon butun O‘zbekiston bozorida telekommunikatsiyalar sohasidagi xizmatlarini taqdim etib, bunday kompaniyalar orasida yetakchi o‘rinlardan birini barqaror egallab kelmoqda.

Uyg‘un tarzda rivojlanayotgan xizmat ko‘rsatish, uskuna va texnologiyalar har kuni minglab foydalanuvchilarga uydan chiqmasdan va Internet-kafelarga murojaat qilmasdan, shuningdek, mobil internetga ko‘p mablag‘ sarflamasdan Internet xizmatidan foydalanishda yordam bermoqda.

TPS jamoasi yillab faoliyati davomida o‘z servisini nafaqat poytaxtda, balki butun respublika bo‘ylab yangilash va modernizatsiya qilish orqali, o‘zini faqat yaxshi tomondan namoyon qildi.

Internet xizmati va boshqa qo‘shimcha funksiyalar uchun tarif rejalari narx, sifat va hammaboplik nisbati bo‘yicha ajralib turadi va talabalar segmentidan boshlab uy bekalari va biznesmenlargacha bo‘lgan barcha abonentlar talabini qondirish imkoniyatiga ega.

Har yili TPS tarif rejalari yangilanadi hamda kam narx bo‘yicha kattaroq tezlik va ko‘proq trafik taqdim etib, hammaboproq bo‘lib boradi.

Bu yil ham istisno bo‘lmadi, 2017-yil 20-yanvardan kompaniya abonentlari yangi kengaytirilgan tarif rejalaridan foydalanishi mumkin bo‘ldi. Provayder ta’kidlashicha, yangi tariflar eng turfa abonentlarga mos keladi.

1

Har bir abonent foydalanish vaqti va puli oldindan to‘langan trafik bo‘yicha zaruratiga qarab, o‘zi uchun eng mos tarif rejasi variantini tanlab olishi mumkin.

O‘zini hech narsada cheklamaslikka va gigabaytlarni hisoblamaslikka o‘rgangan foydalanuvchilar uchun esa TPS kompaniyasi limitsiz tarif rejalarini taqdim etdi.

2

Shuningdek, ta’kidlash joiz, TPS abonentlarining barchasi uchun sodiqlik dasturi, ya’ni bonus ballarini to‘plash tizimi amal qiladi, uning yordamida TPS bilan qanchalik ko‘p vaqt birga bo‘lsangiz, qo‘shimcha xizmatlar va internet-paketlar uchun sarflash mumkin bo‘lgan ballar sizda shunchalik ko‘p bo‘ladi.

3

Kompaniya foydalanuvchilari uchun yana bir yoqimli bonus — ichki resurslar va AllPlay dasturidan bepul va cheksiz foydalanish imkoniyati.

4

AllPlay

Televideniye, filmlar va seriallar bitta dasturda, ularni uyingizning istalgan nuqtasida o‘z qurilmangiz orqali ko‘rishingiz mumkin, bu esa ko‘rsatuvlar, kino yoki teleseriallar tomosha qilishni eng qulay holatga keltiradi.

Player.uz

Har kuni to‘ldirib boriladigan onlayn portal eng ommabop serial, film va teleshoular, shuningdek, filmlar treylerlarini tomosha qilish imkoniyatini taqdim etadi. Tegishli bo‘limga o‘tib, sizni qiziqtirgan serial muhokamasiga qo‘shilishingiz mumkin.

Topmusic.uz

Turli uslub va yo‘nalishga oid zamonaviy musiqaning birinchi arxivi. Saytdan doim taniqli qo‘shiqchilarning singllari, albomlari, shuningdek, kliplarini topish mumkin.

Ulanish haqida batafsil ma’lumot olish, shuningdek, kompaniyaning barcha xizmatlari va tarif rejalari bilan tanishish uchun www.tps.uz saytiga kiring yoki 150-00-00 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

Siz-chi, TPS’ga ulanganmisiz?

Reklama huquqi asosida