Penguin Random House noshirlik uyi AQSh sobiq prezidenti Barak Obama va uning turmush o‘rtog‘i Mishel memuarlarini chop etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. 

Foto: EPA

Foto: EPA

Financial Times nashriga ko‘ra, nashriyot buning uchun rekord miqdordagi summa — 60 million dollar to‘laydi. Ikki kitobni chop etishga Simon & Schuster va HarperCollins nashriyotlari ham da’vogarlik qilgan. 

Penguin Random House oldinroq ham Obamaning uch kitobini nashr qilgandi. 1995-yilda e’lon qilingan “Otamning orzulari” kitobi uchun Obama 6,8 million dollar, “Ishonch qat’iyati” (2006) va “Sen haqingda kuylayman: qizlarimga maktub” (2010) kitoblari uchun esa 8,8 million dollar qalam haqi olgandi. 

“Biz sobiq prezident va uning rafiqasi bilan hamkorlikni davom ettirishdan mamnunmiz. Ular so‘zlari va yetakchiliklari bilan dunyoni o‘zgartirdi”, — deya ta’kidladi nashriyot ijrochi direktori Markus Doul.

Avvalroq Obama o‘zining memuarlari uchun 20 million dollar olishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!