Xitoy asteroidlar resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha koinot missiyalarini yuborishni 2025-yildan kech bo‘lmagan muddatda boshlaydi. Bu haqda Xitoy koinot texnologiyalari akademiyasi (CAST) vakili Ye Peyszyan ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Foto: Trend

Foto: Trend

Olimga ko‘ra, asteroidlarni tadqiq qilishga 2020-yilda Marsga mo‘ljallangan birinchi missiyadan keyin kirishiladi.

“Tegishli dastur tafsilotlari va vazifalari hali tasdiqdan o‘tishi lozim, biroq bu boradagi ishlarni boshlab yuborganmiz. Asteroidlarni o‘rganishni istaymiz, chunki ularda insoniyatning kelgusidagi taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan resurslar mavjud”, — deya ta’kidladi Ye Peyszyan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!