Amazon rahbari Jeff Bezos yaqin kelajakda Oyga yuk yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Washington Post nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Blue Origin aerokosmik firmasiga ham rahbarlik qiluvchi Bezos o‘zining xizmat ma’ruzasida yetkazib berish xizmati Oyda hayotni tashkil qilish uchun kalit rolini bajaradi, deb yozgan. Bu haqda 3DNews xabar berdi.

Foto: 3Dnews

Foto: 3Dnews

Ma’ruza NASA’ga va Donald Trampning o‘tish davridagi jamoasiga Blue Origin’ning Oyga yuk yetkazib berish bo‘yicha har qanday loyiha boshlanganda, unda ustunlikka ega bo‘lishi umidida yuborilgan.

Foto: 3Dnews

Foto: 3Dnews

Shuningdek, hujjatda Oyning Janubiy qutbiga taxminan 4,5 tonna yuk yetkazib bera oladigan Blue Moon fazoviy kemasining tavsifi keltirilgan. Janubiy qutbda Oydagi dastlabki bazani qurish uchun qulay sharoitlar mavjud. Bezos fazoviy apparatning qo‘nishi uchun eng qulay joy sifatida janubiy qutbda joylashgan Sheklton krateri yaqinidagi hududni ko‘rsatdi. Hududni har doim energiya manbai bo‘lgan quyosh nurlari yoritib turadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!