Xitoy radiolokatsiya jihatidan ko‘zga tashlanmaslik texnologiyasi qo‘llanadigan uchuvchisiz harbiy uchish qurilmasi va Yer atrofidagi parvozlar uchun dron ishlab chiqarishga kirishdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Foto: China Daily

Foto: China Daily

China Daily ma’lumotlariga ko‘ra, loyihalar bilan Xitoy aerokoinot fanlari va sanoati (CASIC) korporatsiyasi shug‘ullanmoqda. 

“Ko‘zga tashlanmaydigan va uzoq vaqt parvoz qiladigan uchuvchisiz uchish qurilmasi, shuningdek, Yer atrofidagi koinot kengliklarida parvoz uchun qurilmani yaratishga e’tibor qaratganmiz. Loyiha bunday texnika va u bilan bog‘liq xizmatlarning dunyo miqyosidagi yetkazib beruvchisiga aylanish strategiyasi tarkibiy qismidir”, — deya ta’kidladi CASIC bosh direktori o‘rinbosari Vey Iinya. 

Dronlarning taktik-texnik tafsilotlari, ishlab chiqiladigan muddati va loyihaga oid boshqa ma’lumotlar oshkor etilmadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!