Xitoy Markaziy harbiy kengashi qurol-yarog‘ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Chjan Yuylin 2019-yilda XXR orbitaga milliy kosmik stansiyaning tayanch modulini chiqarishini, shundan so‘ng unga ikkita laboratoriya moduli biriktirilishini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. Yuylin milliy kosmik stansiya taxminan 2022-yilgacha yig‘ilib bo‘lishini ta’kidladi.

Foto: 3DNews

Foto: 3DNews

“Biz stansiyamizni uchta moduldan yig‘amiz, bular — bitta tayanch va ikkita laboratoriya moduli. Har birining vazni 20 tonnaga teng”, — dedi Yuylin. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi eltuvchi raketalarning quvvati buning uchun yetarli emas, shu sababli ularni orbitaga chiqarish uchun og‘ir “Chanchjen-5”lar ishlatiladi.

Nashr eslatishicha, o‘tgan yilning noyabrida XXR janubida “Chanchjen-5” eltuvchi raketasi uchirilgan edi. U Xitoyning bugungi kundagi eng baquvvat eltuvchi raketasidir.