Papay laqabli itning egasi Ayvi Dipning hikoya qilishicha, u itni 2014-yilda ko‘chadan topib olgan. It holdan toygan, isqirt holatda, muzlab qolayotgan edi. Papay tezda Ayvining oila a’zolari bilan chiqishib ketdi va o‘z egasining hamrohiga aylandi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Ayvi itni restoranga olib borib, buyurilgan ovqatlar bilan suratga olishga qaror qildi. Biroz vaqtdan so‘ng Ayvi Papayning Instagram’dagi akkauntini ochdi va Los-Anjeles restoranlarida olingan suratlarni joylashtira boshladi.

Ayvining so‘zlariga ko‘ra, suratga olish vaqtida, yonida ovqat turganiga qaramasdan, Papay o‘zini yaxshi tutadi, Itni restoranga olib borgan vaqtda u o‘zi bilan Papayning maxsus ovqatini oladi. Restoranda buyurtirilgan ovqatlar Papay uchun emas.

ffdc5766727c66

Foto: TJournal

fca4b59c0dca12

Foto: TJournal

f7fe4af89da1b3

Foto: TJournal

e7a69e76be0e99

Foto: TJournal

d48906508cac99

Foto: TJournal

a25e8e62a65592

Foto: TJournal

573cac89abbc54

Foto: TJournal

9ff93ff2cad599

Foto: TJournal

Hozirgi vaqtda Papayning Instagram’dagi kuzatuvchilari 220 mingdan ortiq. Shuningdek, Ayvi itning suratlari tushirilgan suvenirlar sotib olish mumkin bo‘lgan internet do‘konni ishga tushirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!