Biz siz uchun zamonaviy va so‘nggi urfga mos, shu bilan birga ortiqcha bejamdorliksiz ko‘rinish imkonini beruvchi dolzarb trendlarni to‘pladik.

Foto: “2017god.org”

Foto: “2017god.org”

Uchtalik kostyum

Pidjak, shim va nimchadan iborat kostyum hammaga ham kerak emasligi tushunarli. Ammo agar sizda kuniga to‘rt-beshtadan muhim uchrashuvlaringiz bo‘lsa, biznes bo‘yicha sheriklaringiz esa jiddiy odamlar bo‘lsa, bashang, mukammal bichimdagi troyka kostyum sizga juda zarur. Yaxshisi, biryo‘la qimmatbaho va sifatlisini sotib olish yoki atelyeda individual o‘lchamlar bo‘yicha tikdirish kerak.

Nima bilan kiyish kerak: klassik oq rubashka va oksfordlar bilan.

Katak-katak kiyimlar

Shotland katak-katak printi — mutlaq klassika. Shunday ekan, qora-qizil katakli rubashkalarni dadillik bilan sotib oling, yoki Etro uslubidagi jigarrang yoki kulrang rasmli sipo paltolarni qidiring.

Nima bilan kiyish kerak: tor shim, vodolazka, sviterlar bilan.

Ikki bortli pidjak

Ha, klassik bleyzer har bir erkakda bo‘lishi kerak, ammo ba’zan qiyofani yanada qiziqarliroq kiyim-kechaklar bilan to‘ldirish kerak. Masalan, ikki qator tugmali pidjak: u qiyofangizga zamonaviylik va yangilik bag‘ishlaydi. Shuni unutmangki, pidjakning faqat bitta tugmasini o‘tkazish kerak.

Nima bilan kiyish kerak: rubashka, vodolazka, jinsi shim bilan.

Bomber

Bomberlar barcha uchun sevimli bo‘lgan qora charm kurtkani siqib chiqarmoqchi, shekilli: ko‘chalarda bunday uchuvchilar kurtkasini kiyib olgan erkaklar tobora ko‘proq uchramoqda. Nima ham derdik, bahor va kuz mavsumi uchun ajoyib variant.

Nima bilan kiyish kerak: to‘q rangli chinos va futbolka bilan.