Ko‘pincha ba’zi kiyimlar o‘zining dastlabki holatini tez yo‘qotadi: rangi ucha boshlaydi, cho‘zilib ketadi, mayda teshikchalar paydo bo‘ladi. Bu har doim ham kiyimning sifatiga bog‘liq bo‘lavermaydi.  Uni qanday parvarish qilayotganingizga e’tibor bering. Maqolamizda buyumlarning dastlabki ko‘rinishini saqlagan holda umrini uzaytirish yo‘llari aytilgan.

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Faqat kir bo‘lgan kiyimlarni yuving

Shuni esda tutingki, yuvishlar soni to‘g‘ridan-to‘g‘ri gazlama holatida o‘z aksini topadi.

Birinchi yuvish — eng muhim

Kiyimning qancha xizmat qilishi aynan birinchi yuvishga bog‘liq. Shuning uchun yangi kiyimlarni yuvishdan oldin, ularning yorliqlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan yaxshilab tanishib chiqing.

Och rangdagi kiyimlarni alohida yuving

Ba’zan vaqtni tejash maqsadida hamma kiyimlarni birga yuvishga to‘g‘ri keladi. Lekin och rangli kiyimlarni to‘q ranglilardan alohida yuvishni bekorga tavsiya qilishmaydi. Bu matoning dastlabki rangini saqlashda juda muhim ahamiyatga ega.

Sovuq suvda yuving

Kiyimlarni to‘g‘ri yuvishda suvning harorati katta ahamiyatga ega. Sovuq suv gazlamaning tuzilishini ehtiyotlab saqlashga va kiyimning yangi va ozoda bo‘lib turishiga yordam beradi.

Manba: “Steptohealth.ru”