Taklif etilayotgan usul katta mablag‘, maxsus bilimlar va birovning yordamini talab qilmaydi. Tozalash jarayonida sog‘liq uchun zararli bo‘lgan kimyoviy vositalar ham ishlatilmaydi.

Foto: “Xitrosti jizni”

Foto: “Xitrosti jizni”

Buning uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • kalsinatsiyalangan soda;
  • oddiy ichimlik sodasi;
  • birorta oqartiruvchi vosita;
  • oddiy sirka.

Bundan tashqari, tozalash texnologiyasi ham juda oson:

  1. Ichimlik va kalsinatsiyalangan sodalar o‘zaro aralashtiriladi. Har biridan 2 osh qoshiqdan olinadi. Hosil bo‘lgan aralashma oldindan ho‘llangan vannaga surib chiqiladi.
  2. 5—10 daqiqadan so‘ng vannaga birinchi qatlam ustidan 50 grammdan sirka va oqartiruvchi qo‘shilgan yangi aralashma suriladi.
  3. Ikkinchi qatlam surilgandan 30 daqiqadan keyin vannani ko‘proq suv bilan yaxshilab yuvib tashlash zarur.

Shunday qilib, natija – yana qordek oppoq vannaga ega bo‘ldingiz!

Manba: “Xitrosti jizni”