Geologlar Antarktidadagi Larsen shelf muzligida yangi yoriqni aniqladi. U 2016-yil dekabrida aniqlangan boshqa bir yoriqdan 10 kilometr narida joylashgan. Olimlar muzlik oxir oqibat ulkan aysberg ko‘rinishida okeanga “sirpanib” ketadi deya hisoblamoqda, deb xabar berdi Gizmodo.

Foto: Gizmodo

Foto: Gizmodo

160 kilometrlik yangi yoriq asosiy o‘pirilishning bir shoxi hisoblanadi. Olimlar yoriqning o‘sishini o‘tgan yilning dekabridan beri kuzatib kelmoqda.

2017-yil fevralidan boshlab u eniga kattalashgan bo‘lsa ham, uzunligi o‘zgarmagan. Okean tomonga yo‘nalgan yangi shoxning paydo bo‘lishi kelajakda 5 ming kvadrat kilometr maydonli bo‘lak ajralib chiqishidan dalolat beradi.

Ulkan aysbergning paydo bo‘lishi dengiz sathining ortishiga olib kelmaydi, biroq muzlikning parchalanishi tezlashadi. Bunga asosiy sabab qilib Yerdagi iqlimning global o‘zgarishi ko‘rsatilmoqda.