Erkin elektronlardagi dunyodagi eng yirik lazer — XFEL o‘zining ilk rentgen nurini ishlab chiqardi. Bu haqda Germaniyaning DESY tadqiqot markazi press-relizida ma’lum qilindi.

Foto: DESY

Foto: DESY

XFEL Germaniyada, 6—38 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, uzunligi 3,4 kilometrdan iborat. Lazer sinxroton nurlanishni rentgen diapazonida yuzaga keltiradi. Uni yorug‘lik tezligiga yaqin tezlikdagi elektronlar tarqatadi. 

Sinovlar chog‘ida XFEL soniyasiga atigi bir impuls ishlab chiqardi, biroq yil oxirigacha bu ko‘rsatkich soniyasiga 27 ming impulsgacha yetadi. Hosil qilingan nurlanish yorqinligi bo‘yicha lazer mavjud namunalarni sezilarli darajada ortda qoldiradi.