Yerdagi hayot avval hisoblangani kabi okeanda emas, quruqlikda paydo bo‘lgan. Bunday xulosaga Avstraliyadagi Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari keldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Ushbu gipoteza Avstraliya g‘arbidagi Dresser formatsiyasi tog‘ jinslari joylashgan joyda olib borilgan qazish ishlari chog‘ida tasdiqlandi, ular taxminan 3,48 milliard yil avval shakllangan.

U yerda olimlar faqat tirik organizmlar ichida yoki ular bor joyda hosil bo‘ladigan mikroblar izlari, piritlar va minerallarni topdi. Shuningdek, gaz pufaklarining alomatlari ham aniqlandi, ular paydo bo‘lishi uchun bakterial oqsillar va boshqa polimer molekulalar zarur bo‘ladi.

“Dresser formatsiyasidagi cho‘kindilar va zamonaviy geyzerlar tog‘ jinslarining o‘xshash tuzilmasi shundan darak beradiki, qadimiy issiq buloqlar tashqi va ichki xususiyatlari jihatidan zamonaviy “voris”laridan ko‘p ham farq qilmagan. Shunga o‘xshash holat Marsda ham yuz berishi mumkin, va biz bunday cho‘kindilarni o‘rganib, uning yuzasidagi hayotni qidirishga e’tiborimizni qaratishimiz kerak”, — dedi tadqiqot mualliflaridan biri Tara Jokich.