Gollandiyalik olimlar yoriqlarni tuzatib, elektromobillarni quvvatlaydigan asfalt modernizatsiyasi ustida ishlamoqda, deb yozadi Afisha Daily.

Foto: “Timeskz.kz”

Foto: “Timeskz.kz”

G‘oyaga ko‘ra, asfalt ko‘tarmaga metall tolalar kiritiladi. Qayta tiklanish jarayoni induksiya mashinasi yordamida ishga tushadi, u tolalarni qizdiradi va qoplamaning bitib ketishiga imkon yaratadi. Mashinalar svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtagan yoki tirbandlikda turgan vaqtda, ular quvvatlantiriladi.

Tadqiqot bilan Delft texnika universiteti mutaxassislari shug‘ullanmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yangi qoplama oddiysidan ikki marta uzoqroq xizmat qiladi. Narxi esa 25 foizga qimmatroq bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatda barcha yo‘llar yangisiga almashtirilsa, budjet xarajatlari yiliga 90 million dollarga kamayadi.