Shveysariyalik olimlar sichqonlarda tajriba o‘tkazdi va inson jigari, kemiruvchilarda bo‘lgani kabi, sutka davomida o‘z hajmining yarmi darajasida kattalashishi va yana odatiy o‘lchamiga qaytishi mumkinligini taxmin qildi. Bu haqda “Nauka” xabar bermoqda.

Foto: “Nauka”

Foto: “Nauka”

Tadqiqotchilar sichqonlar jigari muntazam ravishda kattalashishi va qisqarishi jarayonini o‘rgandi hamda mazkur organ, taxminan, 40 foizga o‘sishini aniqladi. Bu jarayon sichqonlarning sirkad ritmlari bilan bog‘liq: ular tungi hayvonlar bo‘lgani sababli jigari kunduzi qisqarib, tunda kattalashadi.

Inson jigari ham shu prinsip asosida ishlaydi, faqat kemiruvchilardan farqli ravishda, inson sirkad ritmlari asosida, ya’ni kunduzi kattalashadi.

Ekspertlarga ko‘ra, jigar oqsillar sintezi uchun zarur ribosomalar soni ko‘payadigan va kamayadigan gepatotsit hujayralari hisobiga kattalashadi. Jigarning sutkalik sikli yakuniga yetganda ribosomlar miqdori yana qisqaradi.

Olimlar tadqiqot natijalari inson turmush tarzi sirkad ritmlari bilan to‘g‘ri kelmasligining salbiy oqibatlarini isbotlaganini ma’lum qildi. Tungi vaqt — jigarning faol bo‘lmagan payti ko‘pincha bedor bo‘lish semirish, qand kasalligi, tushkunlik va saratonning ayrim turlariga chalinish xavfini oshiradi.