NASA o‘ta og‘ir yuk tashishga mo‘ljallangan Space Launch System (SLS) tashuvchi raketsining sinov parvozini 2019-yilda astronavtlarsiz amalga oshirishini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Foto: SpaceNews

Foto: SpaceNews

“NASA ekipajni sinov parvoziga yuborish uchun texnik imkoniyatlarga ega ekaniga ishonchi komil. Biroq bu kabi ulkan loyihaga sarflangan mablag‘, tavakkallar va texnik omillarni inobatga olib, missiya rejasining ushbu bosqichida ekipajni qo‘shish lozimligi borasidagi o‘zgartirishlarni hisobga olish qiyin”, — deya aniqlik kiritildi.

NASA ekipajsiz parvoz avvalgidek “yerning quyi orbitasidan tashqarida parvozni amalga oshirish uchun eng maqbul variant” deb hisoblamoqda.

NASA o‘tgan yilning iyul oyida SLS’ning Marsga parvozida foydalaniladigan RS-25 raketa dvigatelining sinovini muvaffaqiyatli amalga oshirgan edi. Lockheed Martin Corporation mudofaa konserni insonning Mars orbitasiga doir missiyasi 2028-yilga rejalashtirilganini ma’lum qildi.