Rossiya va chet ellik astronomlar o‘ta yangi yulduzlar Yerdan 50 yorug‘lik yiliga teng masofada joylashsa, hayvonlarning ommaviy qirilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Astrophysical Journal xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: NSF

Foto: NSF

“Yaqin vaqtlargacha hamkasblarimiz o‘ta yangi yulduzlarning ‘zarar yetkazish radiusi’ 25 yorug‘lik yiliga teng deb hisoblab kelgan. Biz ular bir qator omillarni hisobga olmagan deb hisoblaymiz va aslida bu taxminan 50 yorug‘lik yiliga teng. Yaqinda o‘ta  yangi yulduzlarning Yerga eng yaqin joylashgan bo‘laklari aslida avval taxmin qilingandan ikki marta yaqinroq joylashganligi aniqlangandan so‘ng yuqoridagi hisob-kitoblarni amalga oshirdik”, — deya hikoya qiladi Lourensdagi (AQSh) Kanzas universitetidan Adrian Melott.

Dastlab olimlar yulduzlar portlashi Yerdan taxminan 300—600 yorug‘lik yiliga teng masofada sodir bo‘lgan deb hisoblab kelgan. Melott va uning hamkasblari bir yil avval ularning Yerdagi hayot uchun oqibatlarini hisoblab chiqdi. Ular mazkur chaqnashlar ozon qatlami yoki sayyoraning butun atmosferasini yo‘q qila olmagan, biroq evolyutsiya sur’atlarini jadallashtirgan va insoniyatning paydo bo‘lishiga xizmat qilgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga keldi.