Ukrainada bo‘lib o‘tgan “Yevrovideniye” qo‘shiq tanlovida Portugaliya vakili Salvador Sobral g‘alaba qozondi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Salvador Sobral. Foto: AP

Salvador Sobral. Foto: AP

Xonanda hay’at a’zolari va 42 davlat tomoshabinlarining eng ko‘p ovozini olish va 758 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Kristian Kostov (Bolgariya, 615 ball), uchinchi o‘rinni esa SunStroke Project guruhi (Moldova, 374 ball) egalladi.

27 yoshli Salvador Sobral portugal tilidagi Amar pelos dois (“Ikki kishining sevgisi”) qo‘shig‘ini ijro etdi. Yevropalik bukmekerlar uni oldindan tanlov yetakchisi sifatida e’tirof etgandi.

Xonanda ilk repetitsiyalarda salomatligidagi muammolar tufayli ishtirok etmadi. Sobralda yurak nuqsoni qayd etilgan va u mazkur organ ko‘chirib o‘tkazilishiga muhtoj.

Shu bilan birga, Sobral o‘zini Portugaliyaning yangi qahramoni deb hisoblamasligini bildirdi.

“O‘ylashimcha, haqiqiy qahramon bu — Ronaldu”, — dedi u hazilomuz ohangda.