Falcon 9 eltuvchi raketasi Amerikaning Florida shtatida joylashgan Kanaveral burnidagi kosmodromdan Inmarsat-5 F4 kommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshini olib uchdi, deb yozadi “Gazeta.ru” SpaceX korporatsiyasiga tayanib.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Startdan yarim soat o‘tib, kompaniya sun’iy yo‘ldosh muvaffaqiyatli tarzda orbitaga chiqarilganini tasdiqladi.

“Inmarsat-5 Flight 4 muvaffaqiyatli tarzda ajralib, oraliq geostatsionar orbitaga chiqqani tasdiqlandi”, — deyiladi SpaceX’ning Twitter’dagi xabarida.

Inmarsat-5 F4 turli klassifikatsiyadagi samolyotlarni Wi-Fi signali bilan ta’minlashi kerak.