O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Yunusobod tumaniga tashrifi davomida bir maktab direktorini ishdan chetlatdi. Bu haqda “UzNews.uz” xabar bermoqda.

Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2-iyun kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumaniga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur tashrif davomida hukumat rahbari tumandagi internet-kafelarni yopish haqida ko‘rsatma bergan.

Bosh vazir Yunusobodga tashrifi davomida tumanda olib borilayotgan ishlarning borishi bilan tanishgan, yangi obyektlarning qurilishini ko‘zdan kechirgan, shuningdek, bolalar sog‘lomlashtirish tashkilotlari sharoitlarini ko‘rib, hududdagi bir necha o‘quv muassasalarida bo‘lgan.

“Xususan, Abdulla Aripov 86-maktabning tashqi ko‘rinishini qoniqarsiz deb topdi. Hukumat rahbari landshaftga nisbatan mas’uliyatsiz yondashgani va maktab hovlisining qoniqarsiz ahvoli yuzasidan maktab rahbariyatini tanqid qilgan. Qoniqarli javob olmaganidan so‘ng, Abdulla Aripov maktab direktorini egallab turgan lavozimidan ozod qilish haqida topshiriq bergan”, — deyiladi “UzNews.uz” xabarida.