Ichki ishlar organlari tomonidan 29-may kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi xonadonlarning birida fohishaxona saqlash jinoyati fosh etildi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, xonadon egasi 100 ming so‘m evaziga ikki fuqaroning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (“fohishaxona saqlash”) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIBB axborotida.