O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtosanoat” kompaniyasi Andijon viloyatida amalga oshirishni rejalashtirgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Bunda yengil avtomobillarning yangi modellarini ishlab chiqarish, uskuna va jihozlarni modernizatsiya qilish, yengil avtomobillar qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yangi modeldagi avtomobillar uchun interer, shtamplangan, payvandlangan panellar, radiator, konditsioner tizimlari, o‘rindiqlar, ovoz so‘ndirgich tizimi qismlari, gaz chiqarish tizimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

“Prezidentimiz loyihalarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.