O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi, deb yozadi “Uznews.uz” IIVning “Na postu” gazetasiga tayanib.

Foto: “Uznews.uz”

Xususan, IIVning “Postda”, “Na postu” gazetalari hamda “Qalqon”, “Shchit” jurnallari Birlashgan tahririyatining bosh muharriri etib podpolkovnik Turg‘unov Ilhom Turg‘unovich tayinlandi.

Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich IIV huzuridagi Tergov departamenti tergov faoliyatini tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik Turdiyev Samad Teriqulovich bo‘ldi.

Kenjaboyev Valijon Aliyevich Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati boshlig‘i bo‘ldi.

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Alimov Shahzod Qo‘rqmasovich tayinlandi.

Abdulhaqov Yahyojon Ortiqboyevich Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.