O‘zbekistonlik qo‘shiqchi, Rossiyaning “Birinchi kanali”dagi “Golos. Deti” loyihasining ikkinchi mavsumida g‘olib chiqqan Sabina Mustayeva ushbu telekanalning yangi, “Pobeditel” (“G‘olib”) deb nomlangan shousida ishtirok etdi. Bu haqda “Birinchi kanal”ning rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Birinchi kanal”

Afsuski, Adelning “Hello” qo‘shig‘i bilan chiqish qilgan Sabina shouni birinchi bosqichdan keyinoq tark etdi. Ammo u bosqichdan o‘ta olmaganidan hech ham xafa emasligini ma’lum qildi va shou ishtirokchilariga omad tilab qoldi.

O‘z chiqishidan keyin uyushtirilgan intervyuda Sabina loyihaga uni telekanal vakillari taklif qilganini, qiziqarli tajriba orttirish, qiziqarli odamlar bilan tanishish maqsadida rozilik bildirib, shouga tashrif buyurganini ma’lum qildi.