UzReport TV teledasturini raqamli formatda uzatish vaqtincha to’xtatildi. Bu haqda Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: UzReport

Uzatishning to‘xtatilishiga sabab sifatida UzReport agentligining qarzdorligi ko‘rsatilmoqda.

“‘Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi’ davlat unitar korxonasi Uzreport axborot agentligining teledasturini tarqatish xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha 2017-yil aprel–may oylari uchun qarzdorlik yuzaga kelganligi sababli 2017-yil 3-iyundan Uzreport TV teledasturini O‘zbekiston Respublikasi raqamli formatda tarqatishni vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qiladi”, — deyiladi xabarnomada.